"Fiorentina" hujumchisi yangi klubi bilan shaxsiy kelishuvga erishdi

"Fiorentina" hujumchisi Lukas Beltran Moskvaning TsSKA jamoasiga o'tishga yaqin turibdi.
Xabarlarga ko'ra, "Fiorentina" TsSKAning o'n million evrolik taklifini allaqachon qabul qilgan. Ta'kidlanishicha, “armiyachilar” futbolchining o'zi bilan shaxsiy mehnat shartnomasi shartlarini ham kelishib olgan.
Ta'kidlanishicha, TsSKA hozirda Beltrandan transferni yakunlash uchun yakuniy javobni kutmoqda.