"Fiorentina" himoyachisini APL klublari faol kuzatmoqda

"MYu" Petro Komutstsoga qiziqish bildirmoqda.
"Fiorentina"ning Angliyadagi mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlarida 20 yoshli himoyachini "Manchester Yunayted", "Sanderlend" va "Bornmut" skautlari faol kuzatib bormoqda.
Italiya klubi Komutstsoning transferini 40 mln evroga baholamoqda, deya xabar bermoqda TuttoSport nashriga tayanib FirenzeViola.
Qayd etilishicha, ayni damda "Fiorentina" tarbiyalanuvchisi transferga unchalik qiziqish bildirmayapti va bor e'tiborini A Seriyaning bo'lajak mavsumiga qaratgan.
Italiyalik futbolchi Italiya chempionatining o'tgan mavsumida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.