Italiyaning "Fiorentina" klubi "Barselona" klubi himoyachisi Eman Koshpo bilan shartnoma imzoladi.

18 yoshli shveytsariyalik futbolchi yangi jamoasi bilan qancha muddatli bitim imzolaganiga aniqlik kiritilmagan.

Bosniyada tug'ilgan futbolchi hali "Barselona"ning asosiy tarkibida maydonga tushmagan. O'tgan mavsumda Koshpo U19 jamoasi safida ichki musobaqalarda ishtirok etgan, shuningdek, UEFA Yoshlar ligasi o'yinlarida 8 marta maydonga tushgan.