"Fiorentina" Roberto Pikkolini qo'lga kiritishga yaqin.

Florentsiyaliklar "Kalyari"ning 24 yoshli hujumchisi uchun 25 million evro va bonuslar to'lashga tayyor.

Tomonlar bitimning yakuniy tafsilotlarini kelishib olmoqdalar.

O'tgan mavsumda Roberto Pikkoli A Seriyaning 37 o'yinida 10 ta gol urib, "Kalyari"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi.