Simon Zom "Fiorentina" futbolchisiga aylandi.

Florentsiya klubi "Parma" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdilar.

Sky Sport xabariga ko'ra, kelishuv summasi 15 mln evroni tashkil etgan, yana 1 mln evro bonus sifatida to'lanishi mumkin. Agar "Fiorentina" futbolchini sotib olganidan qimmatroqqa sotsa, "Parma" foydaning 5 foizini oladi.

A Seriyaning o'tgan mavsumida Zom 37 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.