Finalissima 2026 yilda bo'ladi: Ispaniya - Argentina to'qnashuvi taxminiy sanasi ma'lum

Ispaniya va Argentina Finalissimani o'tkazish sanasini kelishib oldi.
Gaston Adolyaning so'zlariga ko'ra, Ispaniya va Argentina futbol federatsiyalari Finalissima uchrashuvini mart oyida, FIFA kunlari oralig'ida — 17 martdan 25 martgacha bo'lgan vaqtda o'tkazishga kelishib oldi.
Evro va Kopa Amerika chempionlarining bellashuvi qaerda bo'lishi hozircha noma'lum, ammo o'yinni o'tkazish uchun ehtimoliy mezbonlar sifatida Angliya, Saudiya Arabistoni va Qatar ko'rib chiqilmoqda.