"Spartak" Manfred Ugaldeni ijaraga bermoqchi emas.

"Chempionat" xabariga ko'ra, "Feyenoord" "qizil-oqlar" forvardini 20 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Taklif allaqachon bildirilgan.

Moskvaliklar bunday shartlarga rozi emaslar - ular kosta-rikalikni darhol doimiy ravishda sotishni xohlaydi. "Spartak" bundan 25 million evro olmoqchi.

Qayd etilishicha, Ugaldening o'zi ham hozirgidan ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlaydi. Agent uni Moskva klubidan ketishga ko'ndirmoqda.

Joriy mavsumda Manfred RPLning 4 ta uchrashuvida ishtirok etdi. O'rtacha 26 daqiqa vaqtini maydonda o'tkazdi.