"Barselona" hujumchisi Ferran Torresga Saudiya Arabistonidan qiziqish bo'lmoqda.

Managing Barca xabariga ko'ra, Saudiyaning nomi oshkor etilmagan klubi ispaniyalik hujumchi uchun 3 yil uchun 60 million evro maosh berishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.

Shuningdek, ular "Barselona" tomonidan hujumchi uchun so'raladigan har qanday tovon pulini to'lashga tayyor.