"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoada qolish qarorini tushuntirdi.

"Men bu erda hali barcha orzularimni amalga oshirganim yo'q. O'ylaymanki, klubga hali ko'p narsa bera olaman. Klub meni ko'rishni xohlaguncha qolishimni doim aytganman.

Klub uchun bu oson bo'lmaganini tushunaman, chunki gap klub tarixida misli ko'rilmagan summa haqida ketayotgandi.

Lekin aynan shu erda bo'lishni istayman. Orzularimni shu erda amalga oshirmoqchiman va bu klub bilan ko'proq sovrinlar yutmoqchiman", - dedi portugaliyalik yulduz.