"Fenerbaxche" Shkrinyar haqida xabar e'lon qildi

"Fenerbaxche" rasmiy saytida himoyachi Milan Shkrinyar haqida e'lon berildi.
"Futbolchi Milan Shkrinyar klubimiz bilan transfer bo'yicha muzokaralarni davom ettirish va tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Istanbulga keldi," - deyiladi "kanareykalar" xabarida.
Umuman olganda, 30 yoshli Shkrinyar "PSJ"dan "Fenerbahche"ga o'tish arafasida turibdi.
2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismida Milan Shkrinyar "Fenerbaxche"da ijara asosida o'ynadi. "Kanareykalar" safida 23 ta o'yinda slovakiyalik futbolchi o'z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.