"Fenerbaxche" himoyachi uchun kurashda "Milan"ni ortda qoldirdi

"Gent" himoyachisi Archi Braun "Fenerbaxche" bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
23 yoshli ingliz bilan kelishuv yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 3 yilga mo'ljallangan.
Futbolchiga avvalroq "Milan" ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
2024/25 yilgi mavsumda Braun 46 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.