"Fenerbaxche" Duranning birinchi mashg'ulotda qatnashmaganiga munosabat bildirdi

"Fenerbaxche" Jon Duranning birinchi mashg'ulotini o'tkazib yuborgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Kolumbiyalik hujumchi "An-Nasr"ga 77 million+13 million evro evaziga o'tganidan keyin olti oy o'tib, turk klubiga ijaraga o'tdi.
Bugun OAV futbolchining mavsumoldi birinchi mashg'ulotiga kelmagani haqida xabar tarqatdi. Bu chora ko'rishga va'da bergan bosh murabbiy Joze Mourinoning jahli chiqqani da'vo qilingan.
"Bu hurmatsizlikdir, qoidalar aniq va tushunarli, ularga rioya qilmagan har bir kishi yomon oqibatlarga duch keladi.
Agar u kelsa, biz u bilan gaplashamiz", - deya Mourinoning so'zlaridan iqtibos keltiradi Spor Arena.
Biroq "Fenerbaxche" tez orada rad javobini berdi.
"Murabbiyimiz Joze Mourinoning xorij matbuotida futbolchimiz Jon Duran haqida aytgan gaplari butunlay yolg'on. Murabbiyimiz bu borada hech qanday bayonot bermagan.
O'yinchimiz Algarvedagi mashg'ulotlarda jamoaga qo'shilish uchun bugun kechqurun Portugaliyaga keldi" - dedi klubning media menejeri Alper Yemenichiler.