Joau Feliks bugun "An-Nasr"da tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Avvalroq, Krishtianu Ronaldu faoliyat olib boradigan Ar-Riyod klubi "Chelsi" bilan yarim himoyachini 30 mln evroga transfer qilishga kelishib olgani ma'lum bo'lgandi. Bonuslar va qayta sotish foizini hisobga olgan holda, summa 50 million evrogacha oshishi mumkin.

Klublar kelishuv uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlarni imzoladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Bugun portugaliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va Saudiya klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.

O'tgan mavsumning ikkinchi qismida Feliks "Milan" safida ijara asosida to'p tepgan edi.