Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

21 yoshli hujumkor yarim himoyachimiz bugun "Istanbul Bashakshexir" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi. Futbolchimiz undan muvaffaqiyatli o'tdi.

Katta ehtimol bilan transfer ertaga, 24 iyul kuni e'lon qilinadi. TsSKA bu kelishuvdan 7,5 million evro ishlab oladi.