Fayzullaevning "Bashakshexir"dagi maoshi ma'lum bo'ldi

Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaevning TsSKAdan "Istanbul Bashakshexir"ga transferi yakuni biroz cho'zilmoqda, ammo transferga oid detallar sekin-asta ochiqlanmoqda.
Xabarlarga ko'ra, 21 yoshli hujumkor yarim himoyachimiz yangi klubida 11-raqamda harakat qiladi va yiliga 1 million evro maosh oladi. Bu summa bonuslar hisobiga oshishi mumkin.
Moskvaliklar bu transferdan 7,5 million evro ishlab oladi. Bu summaning 10 foizini "Paxtakor" oladi.