TsSKAning 21 yoshli yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir"da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda va tez orada turk klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

TsSKAning sobiq hujumchisi Valeriy Masalitin vaziyatga o'z munosabatini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, taktikadagi o'zgarishlar futbolchining jamoadagi roliga salbiy ta'sir ko'rsatgan.

"Nikolich TsSKAda sxemani o'zgartirdi, Chelestini buni davom ettirdi. Shunday bo'ldiki, Fayzullaevning yangi voqelikka moslashishi qiyin kechdi. Biz uning Nikolich davrida kam foyda keltirganini ko'rdik. U o'zini yo'qotib qo'ydi. Faqat bir narsa qoladi: yo sotish, yoki ijaraga berish", - deya ekspertning so'zlarini keltiradi Vprognoze.ru.

O'tgan mavsumda Fayzullaev TsSKA safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marta ishg'ol qildi va sheriklariga sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.