Fayzullaev hali tibbiy ko'rikdan o'tmagan - Ivan Karpov

Abbosbek Fayzullaev hali "Istanbul Bashakshehir"da tibbiy ko'rikdan o'tmagan.
Avvalroq, futbolchi turk klubiga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgani xabar qilingandi.
Insayder Ivan Karpovning ma'lum qilishicha, Fayzullaev Istanbulga uchib kelgan, biroq mahalliy aeroportda pasport nazorati ishida keng ko'lamli uzilish yuz bergan va kechikish yuzaga kelgan.
21 yoshli futbolchi 23 iyul, chorshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan. TsSKA o'zbekistonlik vinger uchun 7,5 mln oladi.