TsSKA vingeri Abbosbek Fayzullaevning "Istanbul Bashakshexir"ga transferi yakunlanib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 21 yoshli o'zbekistonlik futbolchi bugun turk klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va kelishuv ham aynan bugun e'lon qilinishi kutilmoqda.

Istanbul klubi Fayzullaev uchun 7,5 million evro to'laydi. Pulning 10 foizini "Paxtakor" oladi.