Fayzullaev "Bashakshehir"ga o'tgani aytilmoqda

Abbosbek Fayzullaev TsSKAdan Istanbulga o'tishni yakunladi.
Sport-Ekspress xabariga ko'ra, "armiyachilar" yarim himoyachisi turk klubiga o'tgan.
Avval xabar qilinganidek, kelishuv 7,5 million evroga teng. Kelishuvga bonuslar ham kiritilishi mumkinligi avvalroq qayd etilgan edi.
Fayzullaev TsSKA bilan RPLning 1-tur o'yinida ishtirok etmasligi avvalroq xabar qilingandi.
O'zbekistonlik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda Rossiya chempionatida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.