Fayzullaev "Bashakshehir" bilan besh yillik shartnoma imzoladi

Hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev TsSKAdan Istanbulning "Bashakshehir" klublariga ko'chib o'tdi. Turkiya Superliga klubi 21 yoshli o'zbekistonlik futbolchining o'z safiga o'tganini rasman e'lon qildi. Fayzullaev besh mavsumga mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.
"Biz Fayzullaevni oilamizga kelib qo'shilgani bilan qutlaymiz va unga to'q sariq va to'q ko'k rangli libosda muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.
TsSKAda ikki mavsum davomida Abbosbek Fayzullaev 72 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va jamoadoshlariga 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Endi Abbosbek Turkiyada o'zini yaxshi ko'rsatishga harakat qiladi.