Fayzullaev "3+1" ko'rinishida shartnoma imzolaydi

Hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev Moskvaning TsSKA klubidan "Istanbul Bashakshehir"ga o'tmoqda.
"Insayd ot Karpa" telegram-kanali xabariga ko'ra, 21 yoshli o'zbekistonlik futbolchi 3 mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Unda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ko'rsatiladi. Ayni paytda Fayzullaev bitimning yakuniy yopilishini kutish uchun Istanbulda bo'lib turibdi.
Avvalroq, Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir" uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgani haqida xabar bergan edik.