Farg'onaning "Neftchi" klubi qanot himoyachisi Farruh Sayfiev faoliyatini Ozarbayjonda davom ettirishi mumkin.

34 yoshli futbolchiga "Zirya" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub allaqachon futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlagan.

Sayfiev mavsumning birinchi yarmida 12 ta o'yinda 1 ta gol urib, 1 ta assist berdi.