Falastin terma jamoasining sobiq futbolchisi Isroil hujumi oqibatida halok bo'ldi.

"Isroil bosqinchi kuchlari chorshanba kuni G'azo sektori janubida gumanitar yordam kutayotgan odamlarga zarba berganidan keyin Sulaymon al-Obeyd shahid bo'ldi," - deyiladi Falastin futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabarida.

41 yoshli Sulaymonning turmush o'rtog'i, ikki o'g'li va uch qizi tirik qoldi.

Al-Obeyd faoliyati davomida Falastin chempionatida o'ynagan, terma jamoa safida 24 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan. Uning hisobida professional faoliyatida 100 dan ortiq gol bor.