Fakt. Shatskix murabbiy sifatida biror marta Ro'ziqul Berdievni mag'lub eta olmagan

Bugun Superliga 17-turi doirasidagi "Nasaf" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ushbu o'yin oldidan qiziqarli fakt. Andijonliklar bosh murabbiyi Maksim Shatskix murabbiylik faoliyati davomida Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf"ni biror marta mag'lub etmagan. Bugun Maks ushbu omadsiz seriyasini to'xtata oladimi?
