Italiyalik mashhur insayder Fabritsio Romano Markus Reshfordning "Barselona"ga transferi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Manchester Yunayted"ning 27 yoshli vingerining bugun "ko'k-anorranglilar" safiga ijaraga o'tishi yakunlanadi.

"Reshford o'z agentiga kelayotgan barcha takliflarni rad etishini buyurgan, sababi u faqatgina "Barcelona"ga o'tishni istadi.

Hatto Niko Uilyams hamda Luis Dias haqida gapirilgan bo'lsa ham, Markus "Barcelona"ni oxirigacha kutdi", - dedi Romano o'z podkastida.