Insayder Fabritsio Romano "PSJ"ning "Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandesga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Kuni kecha Parij grandi 24 yoshli argentinalik futbolchining transferi uchun 150 mln evro sarflashga tayyorligi haqida xabarlar tarqaldi. Romanoning DAZN bilan suhbatda ta'kidlashicha, bu mish-mishlar haqiqatdan yiroq - Fernandesning "PSJ"ga o'tish ehtimoli nolga teng. Entso bor e'tiborini "Chelsi" loyihasiga qaratgan, u klubda baxtli va ketmoqchi emas.

Transfermarkt portali mutaxassislari xavbekning narxini 75 mln evroga baholamoqda. Jahon chempionining "ko'klar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.