Fabritsio Romano Nikolas Jeksonning "Chelsi"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Insayder Fabritsio Romano "Chelsi" hujumchisi Nikolas Jeksonning kelajagi haqida ma'lumot berdi.
"Ko'klar" senegallikni transfer oynasi yopilgunga qadar sotib yubormoqchi, chunki endi unga klubda ishonishmayapti. Ayni damda Premer-liganing bir necha klublari 24 yoshli hujumchi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bundan tashqari, "Milan" ham poygadan chiqib ketmagan: agar "Chelsi"ning talabi juda yuqori bo'lmasa, "rossonerilar"ning futbolchi uchun kurashda imkoniyatlari ancha yuqori.
Transfermarkt talqiniga ko'ra, Nikolas Jeksonning narxi 50 mln evroga teng. Avvalroq, futbolchi uchun asosiy da'vogar sifatida Angliyaning "Nyukasl" klubi tilga olingan edi.