Fabritsio Romano: "Manchester Yunayted" Sheshko bilan kelishib oldi

Sloveniyalik hujumchi Benyamin Sheshko Germaniyaning "RB Leyptsig" klubidan "Manchester Yunayted"ga o'tadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlari orqali ma'lum qilmoqda.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, tomonlar muzokaralar o'tkazib, mehnat shartnomasini imzolashga kelishib olgan. Benyamin "qizil iblislar" bilan shartnomasi muddati 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portali 22 yoshli futbolchining bozor narxini 70 million evroga baholamoqda. Sloveniyalikning "buqalar" bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Bundesliganing o'tgan mavsumida Sheshko 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi 13 ta gol urib, beshta golli uzatmani amalga oshirdi.