Fabritsio Romano Luis Diasning "Liverpul"ga transferi tafsilotlarini ma'lum qildi

Tez orada vinger Luis Diasning "Bavariya"ga o'tgani ma'lum bo'ladi. Insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda kelishuv yaqinligi haqida yozmoqda. 28 yoshli Diasning transfer summasi bonuslar bilan birga 75 million evroni tashkil etadi.
Ayni damda "Bavariya" va "Liverpul" klublari bonuslar bo'yicha tafsilotlarni muhokama qilmoqda. Barchasi kelishib olingach, futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va muammolar aniqlanmasa, 4 mavsumlik shartnoma imzolaydi.
"Liverpul"dagi uch yarim mavsum davomida Luis Dias 148 ta o'yinda 41 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.