Fabritsio Romano: "Liverpul" Ekitike transferini yopdi (foto)

Hujumchi Yugo Ekitike "Ayntraxt"dan "Liverpul"ga o'tmoqda. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano o'zining "Here we go" brendi bilan ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi, bu esa bitim yopilganini anglatadi.
Yugo Ekitikening transfer summasi 95 million evrogacha bo'lishi mumkin.
23 yoshli Ekitikening "Liverpul" bilan shartnomasi keyingi olti mavsumga - 2031 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
