Fabritsio Romano Kolo-Muanining "Yuventus"ga transferi bo'yicha ma'lumot berdi

Randal Kolo-Muani faqat "Yuventus"ga o'tishni istamoqda.
Avvalroq, "Nyukasl" "PSJ" bilan 26 yoshli forvard transferi bo'yicha muzokaralarni boshlagani xabar qilingandi.
Ammo futbolchining o'zi "Nyukasl" yoki boshqa klub bilan muzokara o'tkazmayapti, deya ta'kidlamoqda insayder Fabritsio Romano.
Futbolchi faqat iyun oyida shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan "Yuventus" bilan muloqot qilmoqda.
Turinliklar har kuni ijara bo'yicha parijliklar bilan aloqaga chiqib, 55 mln evro evaziga sotib olish majburiyatini shartnomaga qo'shmoqchi.