"Milan" va "Bayer" Viktor Bonifase transferi bo'yicha kelishib oldi.

Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Milan" Nigeriya terma jamoasining 24 yoshli hujumchisini 5 million evroga ijaraga olmoqda. Kelishuvda futbolchini "Bayer"dan 24 mln evroga sotib olish imkoniyati bor.

"Rossonerilar" Viktor bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Bonifase o'tgan mavsumda Bundesligada 19 ta o'yinda 8 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.