Italiyalik taniqli insayder Fabritsio Romano "Manchester Yunayted" vingeri Antonining kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Antonining kelajagi haqida yangiliklar kutilmoqda: "Betis" uning qaytishiga umid qilmoqda, ammo yakuniy qarorni qabul qilishda mablag' asosiy omil bo'ladi.

Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, Antoni Evropada qolishni afzal ko'rmoqda - ayniqsa, kelasi yozda jahon chempionati arafasida. Bu Karlo Anchelottini ishontirishda hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin», - deb yozdi Romano o'z X sahifasida.