Fabritsio Romano: "An-Nasr" "Bavariya" himoyachisi borasida muzokaralar olib borayotgani yo'q

Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy himoyachisi Kim Min Je joriy yozda "An-Nasr"ga ko'chib o'tmaydigan ko'rinadi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, riyodliklar va 28 yoshli koreyalik o'rtasidagi muzokaralar iyun oyidan buyon to'xtab qolgan.
Hozirda "Nasr" tarkibni kuchaytirish uchun boshqa variantlarni o'rganmoqda.