"Komo" "Marsel" bilan yarim himoyachi Valentin Ronje transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, italiyaliklar uchun muqobil variant "Manchester Siti" vakili Maksimo Perronedir. O'tgan mavsumda futbolchi "Komo" safida ijara asosida o'ynagan edi. O'tgan mavsumda 26 ta o'yinda Perrone 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt sayti ma'lumotlariga ko'ra, Maksimoning bozor narxi 12 mln evroni tashkil qilmoqda.

Ronje 2019 yildan beri "Marsel"da o'ynamoqda. O'tgan mavsumda 27 ta o'yinda futbolchi 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning qiymati 9 mln evroni tashkil etadi.