Eze bugun "Kristal Pelas" uchun so'nggi o'yinini o'tkazadi

Londonning "Kristal Pelas" klubi hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.
Xabarlarga ko'ra, futbolchi juma kuni "kanonirlar" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Eze bugun Konferentsiyalar ligasi saralashida "Kristal Pelas" - "Fredrikstad" jamoasiga qarshi o'yinda "burgutlar" uchun so'nggi uchrashuvini o'tkazadi.