"Everton" yangi darvozabonni o'z safiga qo'shib oldi

"Everton" Mark Trevers bilan shartnoma imzoladi.
Liverpul shahri klubi "Bornmut" darvozaboni transferini e'lon qildi. Tomonlar 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.
Sky Sports xabariga ko'ra, "irislar" 26 yoshli futbolchi uchun 4 million funt va bonuslar to'laydi.
Joriy yilning fevral oyidan beri Travers "Midlsbro"da ijara asosida o'ynadi. Chempionship doirasidagi 17 ta o'yinda u 20 ta gol o'tkazib yuborgan.