Yarim himoyachi Kirnan Dyusberi-Xoll rasman Liverpulning “Everton” klubi futbolchisiga aylandi.

Futbolchining «Chelsi»dan transferi haqida «irischilar» matbuot xizmati xabar berdi.

Transfer summasi 25 million funt + 4 million funt bonuslarni tashkil etadi.

Hozirgi kursda bu 33 million evrodan oshadi. Futbolchi bilan shartnoma 5 yilga mo'ljallangan.