Tierno Barri "Everton"ga o'tishga yaqin turibdi.

22 yoshli forvard tibbiy ko'rikdan o'tish va kelishuvni yakunlash uchun Angliyaga borishga ruxsat oldi.

Xabar qilinishicha, “Vilyarreal” futbolchi uchun 32 million evro va bonuslar oladi.

Tierno Barri o'tgan mavsumda La Liganing 35 o'yinida 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.