"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Luisga hamon Angliya Premer-ligasi vakillariga qiziqish bildirmoqda.

27 yoshli futbolchiga "Nottingem Forest" klubi da'vogarlik qilmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, braziliyalik futbolchi "o'rmonchilar"ning transfer maqsadlaridan biri bo'lib qolmoqda. Klub o'tmishda "Aston Villa"ning sobiq yarim himoyachisiga qiziqish bildirgan, ammo so'nggi paytlarda mish-mishlar kamaygan.

Duglas Luisni o'z safida ko'rmoqchi bo'lgan klublar orasida "Everton" va "Vest Xem" ham bor. Futbolchining mashhur Transfermarkt portalidagi narxi - 30 mln evro. O'tgan yili "Yuventus" yarim himoyachini "Aston Villa"dan 50 mln evrodan ko'proqqa sotib olgan edi.