"Everton" "Manchester Siti" bilan rasmiy muzokaralarni boshladi

"Everton" "Manchester Siti" bilan hujumkor yarim himoyachi Jek Grilish transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ehtimoliy bitim yopilishiga hali ancha bor - dastlabki muzokaralar olib borilmoqda. Kelishuvga asosiy to'siq Grilishning yuqori maoshi bo'lishi mumkin - "Manchester Siti" futbolchiga haftasiga 300 ming funt atrofida maosh to'laydi.
Amaldagi shartnoma 29 yoshli Grilishni "Manchester Siti" bilan yana ikki mavsumga - 2027 yilning yarmigacha bog'lab turadi. "Shaharliklar" safida Jek 157 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmani amalga oshirgan.