"Everton" La Liga klubi futbolchisini sotib olganini e'lon qildi

"Everton" "Vilyarreal"ning 22 yoshli hujumchisi Terno Barri transferini e'lon qildi.
Frantsiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi Angliya Premer-ligasi klubi bilan 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, transfer summasi 35 million evroni tashkil qilgan.
Bo'yi 195 sm bo'lgan Barrini o'tgan yozda "Vilyarreal" "Bazel"dan 14 million evroga sotib olgandi. Hujumchi Ispaniya terma jamoasi safida 37ta o'yin o'tkazib, 11ta gol urgan.