"Everton" "Vulverxempton" darvozaboni Tom Kingni o'z safiga qo'shib oldi.

30 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Futbolchi "Vulverxempton"ga o'tgan mavsumda kelib qo'shilgandi. U avvalroq Angliyaning 3-5-divizioni klublarida o'ynagan.

King Uels terma jamoasidagi debyutini 2024 yil iyun oyida Gibraltarga qarshi o'rtoqlik o'yinida o'tkazdi.