"Everton" Malik Fofanani o'z safiga qo'shib olishga yaqin.

Fabritsio Romanoning yozishicha, ingliz klubi va "Lion" o'rtasida 20 yoshli vinger transferi bo'yicha muzokaralar qizg'in pallaga kirgan.

"Irislar" futbolchining vakillari bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham muhokama qilmoqda.

L'Equipe xabariga ko'ra, "Everton" futbolchi uchun bonuslarni hisobga olgan holda 36 million evro taklif qilgan. Frantsuz klubi kamida 40 million evroni qat'iy summa ko'rinishida olmoqchi.

Avvalroq, Fofanaga "Liverpul", "Bavariya", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Belgiyalik futbolchi Liga 1ning o'tgan mavsumida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.