"PSJ" ustozi Luis Enrike ESPN talqini bo'yicha Evropaning eng yaxshi 30 murabbiyi ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi.

Ispaniyalik mutaxassis "Liverpul" ustozi Arne Slot (2) va "Manchester Siti" vakili Xosep Gvardiolani (3) ortda qoldirdi.

Kuchli beshlikdan, shuningdek, avval Leverkuzenning "Bayer" klubida ishlagan, hozirda Madridning "Real" klubini boshqarayotgan Xabi Alonso (4) va Xans-Diter Flik (5) ("Barselona") joy olgan.

6-10-o'rinlarga Mikel Arteta ("Arsenal"), Antonio Konte ("Napoli"), Simone Indzagi ("Al-Hilol"), Jan Pero Gasperini ("Roma") va Ernesto Valverde ("Atletik" Bilbao) joylashdi.

"Chelsi" ustozi Entso Mareska klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi g'alabadan so'ng 12-o'rinni egalladi.

Ro'yxatni Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan Dino Tommeller yakunladi.