"Andijon" ikkinchi davra oldidan tarkibini kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.

Xabarlarga ko'ra, klub hozirda Quvaytning "Al-Yarmouk" jamoasi sharafini himoya qilayotgan markaziy himoyachi Rizo Yazdando'stga qiziqish bildirmoqda.

Bo'yi 1,96 sm bo'lgan 33 yoshli eronlik futbolchi allaqachon Superligada o'ynash tajribasiga ega. U 2023/24 yilgi mavsumda Bekobodning "Metallurg" klubida o'ynagan.