Eron grandlari Hojiakbar Alijonovga xaridor!

Toshkentning "Paxtakor" klubi o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov legionerga aylanishi mumkin.
Uzbekistan Legionaries xabariga ko'ra, "sherlar"ning 28 yoshli futbolchisini "Traktor" va "Istiqlol" o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda.
Alijonovning "sherlar" bilan shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 800 ming evroga baholamoqda.
Hojiakbar Superliga joriy mavsumda 13 ta o'yinda 6 ta golli uzatma berdi.