"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Bayer"da ishlayotgan Erik ten Xag "qizil iblislar"dan Antonini sotib olishni inkor etmadi.

"Uning ajoyib fazilatlari bor, men uni ikki marta sotib olganman. U menga o'g'limdek edi, hozir ham shunday. Hozircha biz unga qiziqish bildirmayapmiz, ammo keyingi vaziyatni kuzatib boramiz", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

"Manchester Yunayted" 25 yoshli braziliyalik futbolchini 58 million evroga sotishga tayyor.