Erik Garsiya o'ng qanot himoyasida o'ynash haqida gapirdi

"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya qayzi pozitsiyada o'ynash jamoa uchun qulay bo'lishi haqida fikr bildirdi.
"Men jamoaga imkon qadar ko'proq yordam berishga harakat qilaman, murabbiy so'ragan joyda o'ynayman. Hozirda men ko'proq o'ng himoyachi pozitsiyasida o'ynayapman, lekin bu pozitsiya menga yoqadi. Men bu pozitsiyada "Jirona"da o'ynaganman. Oxir-oqibat, men murabbiy qo'ygan joyda o'ynayman", - dedi 24 yoshli ispaniyalik futbolchi.