Entso Rayola Donnarummaning kelajagi haqida gapirdi

Janluiji Donnarummaning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Entso Rayola mijozining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
Darvozabon yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar "PSJ"ni tark etishini tasdiqladi. Avvalroq, frantsuz grandi "Lill"dan italiyalik Lyuka Shevaleni sotib olgandi.
"Hozir biz variantlarni ko'rib chiqmoqdamiz. Balki Angliyada kerakli summani to'lay oladigan klublar topilar. "PSJ" katta pul talab qilmoqda. Ular hurmat haqida gapirishadi, ammo gap faqat pulda," - dedi Entso Rayola Sky’ga bergan intervyusida.